SEVGI DUNYOSI



Hammasi bo'lib ONLINE: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Dil izhorlari

Har yurak urushida aytilgan so'z...
Azizam, tanishganimizga ham mana bir yil bo’libdi. Shu bir yil ichida biz bir-birimizga juda qattiq bog’lanib qoldik. Esingdami, bundan roppa-rosa bir yil oldin senga sevgi izhor qilganimda, beihtiyor ko’zlaringga yosh kelgandi. O’shanda ilk bor sening qo’lingdan tutib, bag’rimga bosgandim. Sen esa jimgina ko’ksimga bosh qo’yganding. Biz bir-birimizning yurak urushimiz naqadar tezlashganini sezganmiz ilk bora. Sen savolimga javob bermaganding. Ammo, men uchun kerakli so’zni yuragingning har bir urushi takror va takror aytardi. Bilsanmi, dunyoda bizdan bahtli sevishganlar bo’lmasa kerak. Chunki shu bir yil davomida yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sen doim yonimda bo’lding. Meni tashlab ketmading. Buning uchun sendan minnatdorman. Shuni bilginki, to tirik ekanman, hech kim seni mendan tortib olomaydi.
 
 
Yashirin muhabbat...
Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon siz bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingiz. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga qizning muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz. Men sizni intizor kutib yashayman, Sog’inchim yurakka yutib yashayman. Hijron kabutarin yaralariga Orzulardan malham tutiib yashayman.
 
 
Seni uchratganimdan buyon...
Сени учратганимдан буён дунё кузимга бикиёс ва мафтункор куринмокда. Сен хар куни утадиган кучалар каминага жондан азиз. Азизим, факат соф калбинг, гулдек хуснинг, сенга ярашган ибо-хаё, яхши кизлигингдан дарак берувчи ижобий фазилатларинг мени аллакачон «Севги асири»га айлантирган. «Севишганлар бир-бирларини кузларига тикилсалар кузлар аксида узларини курадилар», дейишади. Мен нафакат кузларингда, балки калбинг кузгусида хам узимни курсам дейман.
Сен борсанки хаётимда маъно бор, Яна ишкдан яралган бир наво бор. Калбинга йул каерда? Айт азизим, Бу юракка факат сенда даво бор

Dil izhori
Assalomu aleykum sog''inchim anhorining baxori, yurakdagi sevgimning g''ururiyu ibo xayosi, qalbimda tanho nafis bulib ochilgan gulim, sevgilim Dildoraxon.Dildor mana bugun sog''inchlarim osmonidan bir-bir qoruchqunlari boshim uzra aylanmoqda.Yo''q-yo''q aslida bu qor uchqunlariemas,bu sog''inchdan sochlarimga oralagan oq tolalar.Agarda bilsangizarslon sher yaralanganida qiynog''idan larza solarmish o''zo''rmonini,Sherzod qalbi sog''inchlardan qiynalganda kimga aytsin uz sog''inchli armonini. Sizning gohida sog''inchlardan ta''sirlanish ruxida shaxlokuzlaringizga sog''ichinch yoshlari kelsa ajab emas.Dildor bilsangiz o''sha sog''inch yoshlari men bulaman,qarang sizni shaxlo kuzlaringizni tark etgim yo''q shu sababdan kiplaringizga maxkam chirmashgancha turibman.Goho oy yuzingizga qulab ketgim keladi,chunki shu baxonadagina yuzingizning qaynoq taftini xis etish baxtiga erishishim mumkin deb o''ylayman.Agar meni nafis barmoqlaringiz yuzingizdan rashk qilib artib tashlamasa,men yuzingizda baxtiyor kulib turaveraman.Agar guzal barmoqlaringiga meni oxista erkalash hissi uyg''onsa men baxtliman,chunki men sevgan dildorimning qullarida jon berayapman.Jon berib sizning nozik tanangizgagizga singa turib,qoningizga qushilib jushqin sevgi qoni bulib oqaman va yuragingiz tomon oshiqaman.Yuragingizga ketgudek bulsam uning ichida bir umrga qulamas sevgimiz qasrini quraman. Agar meni tark etgudek bulsangiz sizni armonlarim malikasi deb atardim.Gohida hayol suraman hayotdagi malikam armonlarim malikasiga aylansa deb.Agar shunday tush kursam ham bu tushni hayotdagi eng daxshatli tush deb atardim.Agar bunga guvoh bulsam bir umrga er qariga qaytib chiqmas oy bulib botamanu,er yuziga sevgi vulqoni bulib otilardim.

Mendagi bu surat doim men bilan birga. Suratingga termulgancha juda ko’p so’zlarni xayolan senga so’ylayman. Sening shirin tabassum ila boqib turishlaring, mehr ila boquvchi ko’zlaring, menga nimadir, ha nimadir demoqchi bo’lgan do’doqlaring, shalola misol sochlaring bari-bari meni o’ziga butkul shaydo etdi. Men sening asiringga aylanib qoldim. Bilsang, xayot insonni turli egri va to’g’ri, tor va keng, ravon va notekis yo’llarda sinab ko’radi. Muhabbat ikkimiz uchun sinov ekanligini unutmasang bas. Garchi biz ikkimiz qanchalik olisda bo’lsak-da, qalbimiz shu qadar yaqin. Bazan seni yonimda turgandek sezaman. Qaynoq satrlardan iborat qayta-qayta ko’z yugurtirar ekanman, qalbim quvonch va sururga to’lib boraveradi. Go’yo satrlaring osha menga tikilib turgandek bo’lasan. Har safar maktubingni olganimda qanchalik quvonganinmni bilsang edi… Huddi maktub emas, o’zing yonimga kelgandek…


Qalbim malikasi
Qalbim malikasi ishon, bir kun biz uchrashamiz. O’shal baxtli kunni kutib yashayapman. Mening nazarimda bu kun yaqin, judayam yaqin. Sen oils-olislarda turib menda ilhom v kuch baxshida etib turganingni unutma. Bilsang, har bir odamni ichki olami bo’ladi. Bu olamga hech kimni bostirib kirishga haqqi yo’q. Lekin uning o’z shaxzodasi va malikasi bo’ladi. Mening olamimda malika-sen, shaxzoda-men bo’lishni shunchalik istayapmanki, qani orzularim amalga oshsa-yu,d unyodagi eng baxtli insonga aylanib qolsam…

Iztirobli xat
Sizni sog'indim. Shunday sog'indimki, sog'inchdan yuragimning tub-tubidan ismingiz bot-bot takrorlanmoqda. Sizdan keladigan maktubni intizor bo'lgancha kutmoqdaman. Unda sizning butun vujudingiz, nafasingiz sezilib turadi. Sog'inch sizni ham o'z iskanjasiga olgandir?
Siz ham meni sog'inib qay ahvolga tushgan ekansiz? Kun va tun xayolimda. Siz.ko'z o'ngimda menga qadrli va qadrdon qiyofangiz bilan paydo bo'laverasiz. Tun kirishini yomon ko'raman. Chunki, tunda sizga bo'lgan sog'inch avj oladi. Tun sukunati barcha narsani o'zining qorong'i pardalari ortiga yashuragi. Lekin mening sog'inch hislarim yo'qolmaydi. Tong esa tunni o'z makoniga kuzatguncha men judayam qiynalib ketaman. Ertalab ming yil bemor yotgan odamdek o'rnimdan turaman. Sizsiz yasholmasligimga necha bor amin bo'ldim. Siz mening hayotim ekanligingizga ishondim. Siz yonimga qaytgan kuningiz men uchun eng katta bayram bo'lajak. Va o'sha kunni intiq bo'lib kutmoqdaman...

Komron
Uzoq yillar kurganim va izlaganim hayolimdagi malikamni topdim. Bu-sen eding, go'zal Azizam! Ishonmayapsanmi, nega axir? Gaplarim rostligini isbotlash uchun nima qilay? Istasang tiz cho'kaman, istasang boshqa narsa qilay? Bariga roziman. Faqat ishon, men seni sevib qoldim, sen-mening baxtimsan. Extimol gaplarim senga boshqacha tuyulayotgandir?!
Men hayolimdagi malikani sendan ortiq bo'lishini istamaganman. Men orzu qilgan qizdagi chiroy ham, joziba ham, aql ham, latofat ham senda mujassam edi. Men seni topganimdan behad shodman. Ishon, biz baxtli bo'lamiz. Taqdir bizni bekorga uchrashtirmadi. Buni men tasodif deb bilmayman. Buni taqdirning sen bilan menga qilgan inoyati deb bilaman...


 
 
 
Juma
29.03.2024
10:03
Yangiliklar taqvimi
«  Март 2024  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Sevgi she'rlari [5]
Bu kategoriyada dilga yaqin dilga manzur bo'lgan sevgi haqida she'rlar to'plangan
Dil izhorlari [0]
Dil izhorlari to'plami
Armonlar [0]
Ushbu kategoriyada siz sevgi dunyosi fuqarolarining armonlarini o'qishingiz mumkin
Sevgi maktublari [0]
Sevgi maktublari to'plami
Sevgi smslari [0]
Sevgi smslari Sevganingizga SMS yuboring
Love Story [0]
Sevgi hikoyalari
Форма входа
Приветствую Вас Mehmon!
Мини-чат
Bizning so'rov
Оцените мой сайт
Всего ответов: 266
Sevgi saltanati fuqarolari

Hammasi bo'lib ONLINE: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Артем(38) 54.196.106.106
[20.10.2007][Мои файлы]
Sevgi xatini yozish uchun uchun tayyor fonlar POWER POINTDA (2)
Bizning so'rov
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz