SEVGI DUNYOSI



Hammasi bo'lib ONLINE: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Maqolalar katalogi
Главная » Статьи » Sevgi she'rlari

Sevgi she'rlari 2

AYTAYIN SENGA

 

Aytayin senga...

Bismillohu rahmonu rahim,
O'zing asra meni Ollohim,
Deb boshlarman sen tomon she'rim,
Senga atab yozaman she'rim.
Gaplarimni eshitgin ey yor,
Senga aytar gaplarim bor.
Mendek oshiq bir ablah bola.
Senga qilarman shunday nola.
Derman tushungil meni ey yor,
Yuragim faqat seni o'ylab,
Bo'lmoqda og'ir xasta,kasal.
Bo'lasanmi men-la shu mahal?
Faqat sensan yurakka malham
Sendan boshqa yana kim ham?
Qilar menga bunaqa yordam.
Kimga aytayin yana bir bor?
Ey do'st!Bergin yana maslahat,
Yuragim yana oldi bir lat
Meni qildi yana bir diqqat[l]

 

 

SEVGI

 

Sevgi. Sevgi bu inson xech qachon tushinmaydigan tuyg'u. Chunki birov uni nozik gulga o'xshasa, birovlar uni tikanga o'xshatadi.Ha sevgi bi Bamisoli atirgul.U go'zal muattar is taratadi. Lekin uni uzib olsang tikani qo'linga botadi. Balki sevgi nimaligini bilmagan yaxshidir.Yo'q sevgisiz hayot yo'q. Sevgan inson u yashaydi. Ammo sevgan inson o'zligini, aqlini, hushini yo'qotadi. Unda sevgisiz shashash kerak. Yo'q. Kimgadir u baribir kerak. Agar hayotga chin sevgi qolmasa unda sevgi kitoblarga yashaydi. balki haqiqiy sevgi faqat ertalkarda, kitoblarda bo'lar? Balki. Mevani uzib yeb ko'rmaguncha uni mazasini bilmaymiz. Sevgi man shunday.sevib ko'rmaguncha uni tushinolmaymiz

 

GO`ZAL

Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib,
Eng yorug' yulduzdan seni so'raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir:"Men uni tushda ko'ramen.
Tushimda ko'ramen, shunchalar go'zal,
Bizdan-da go'zaldir, oydan-da go'zal!.."

Ko'zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa,
Ul-da aytadirki:"Qizil yong'oqqa
Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.
Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal,
Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan o'tganda so'rab ko'ramen.
Aytadir:"Bir ko'rib, yo'limdan ozib,
Tog'u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko'rdim men uni - shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!.."

Ul ketgach kun chiqar yorug'liq sochib,
Undan-da so'raymaen sening to'g'ringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir:"Bir ko'rdim, tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda shunchlar go'zal,
Oydan-da go'zaldir… mendan-da go'zal!.."

Men yo'qsil na bo'lub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zo'r ishga berib qo'yubmen,
Men suyub…men suyub…kimni suyubmen?
Men suygan "suyukli" shunchalar go'zal,
Oydan-da go'zaldir, kundan-da go'zal!!!"

 

 

SEVGI

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.

Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.

 

Категория: Sevgi she'rlari | Добавил: sevgidunyosi (20.10.2007) | Автор: akmaljon
Просмотров: 5676 | Комментарии: 9 | Рейтинг: 4.2/10 |
Всего комментариев: 9
9 sanya  
0
ooooooooooooooooo werlar vawe qichigu

8 Islombek  
0
Asli e'tiborga
arzimassizlar
Soatni so'rasa
bilmasdan birov,
Ayamay so'kasiz,
kutmasdan darrov,
So'zlarim sizlarga bo'lsin
bir maqtov,
O'zini osmon deb
o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga
arzimassizlar.
Sizning g'ururingiz aslida
tuproq,
Iymoningiz bor-u,
aybingiz ko'proq,
Qalbingiz mehrdan
butunlay yiroq,
O'zini osmon deb
o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga
arzimassizlar.
Namoz o'qiysiz-u,
egningizda shim,
Tandagi terimi yoki tor
kiyim,
Sababin so'rashsa jim
qolasiz, jim,
O'zini osmon deb
o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga
arzimassizlar.
Dilda "bismilloh"u, tilda
yo'q salom,
Ne sabab kutasiz tag'in
ehtirom,
Makringiz ilonni qila olar
rom,
O'zini osmon deb
o'ylagan qizlar,
Asli e'tiborga
arzimassizlar.
Menmas hayot bersin
sizlarga ta'lim,
Rost so'zlarim uchun
mendan kechirim,
Bugun ocha qoldim
dildagi sirim,
Aslida qalbimning
to'ridasizlar,
Nomusli, hayoli, iboli
qizlar

7 Islombek  
0
kimdadir ochilar qalbi
Sevgi deb
kimdadir yonar yuragi
Sevgi deb
kimgadir yetadi ozor
Sevgi deb
kimlardir boladi
bezor.Sevgi deb
yurakda boshlanar
huzur,Sevgi
deb kimlardir soraydi
uzr Sevgi
deb kimlarrdir chekadi
azob,Sevgi
deb kimlardir yashar
beozor

6 Islombek  
0
Kuz ham kirib keldi
qalbim
bogiga
Gullagan nihollar
sargayar,
tokilib
Qora bulutlar qonar
hayot
togiga
Yuragim yiglaydi men
unga
qoshilib
Ingraydi oshiq qalb
sadosi
yoqdur
Okinib sozlaydi bir
gamgin, bir
kulib
Yuzimda tabassum
dilimda
choqdur
Yuragim yiglaydi men
unga
qoshilib
Urushdim men uni nega
yiglaysan
Iltimos bunchalar
yiglama tolib
Bechora xojangni nega
tiglaysan
Yuragim yigladi men-chi
qoshilib
Nasihatlar tariqdek
unga kor
qilmas
Doim jufti tomon turar
shoshilib
Biladi taqdir uni unga yor
qilmas
Yuragim yiglaydi men
unga
qoshilib
Tong otib kunning
botishin kutar
Bilmadim nega u bunday
yol
tutar
Menga ham sezdirmay
sirini
yutar
Yuragim yiglaydi men
unga
qoshilib
Qaydan duchor boldi
qalb bu
baloga
Yaralangan qush endi
uchmoqlik
bolib
Qanotini yozadi bu keng
fazoga
Yuragim yiglaydi men
unga
qoshilib
Shunchaki taslim bolgisi
kelmas
hech uning
Kozlarga yigilgan
soginch sizilar
Ayladi bu hayot
zanjirsiz quling
Yuragim yiglaydi men
unga.
MAN SAYTIZNI YOQTIRAMAN WERLAR WUDA KÕP ADMINGA RAHMAT WUN4ALI ZÔR SAY O4GANLARI U4UN.

5 Islombek  
0
Agar taqdir
sabab,Ketsam
yoningdan,
Iltimos taqdirni qilma
aybdor,
Jonim seni butkul tark
etsam,
Bilgin-ki bu sening
peshonangda
bor...
Baxtsizman deb
boshing urmagin
toshga,
Azizam mensizlik
qilmasin alam.
Bu dunyo
to'ymagan,to'ymas ko'z
yoshga,
Shu sabab yig'lama aziz
yorginam...
Azizam vada ber
yig'lamaslikka,
Doimo baxtli qiz
bo'laman degin.
Sizsiz
yashaganman,Yashay
olaman,
O'zga yorla baxtga
yetaman
degin...
Meni sog'inib qolsang
azizam,
Tunlari osmonga
Yulduzlarga
boq,
Shu on men xam seni
sog'inib,
Osmonlardan qarayman
Mushtoq...
Bir kuni yoningga
Qaytaman
jonim,
Balki baxordagi
qaldirg'och
bo'lib,
Qarshi olgin jonim,
jilmayib
maxzun,
Yig'lama,Kulgin shodlikka
to'lib.
Balki men qaytarman
oppoq qor
kabi,
Sen sevgandek
Yog'arman bo'lib
Laylak Qor,
Yo'llaring yoritgum
yorug' nur
kabi,
O'sha nurdan izlagin
ko'zlarimni
yor...
Seni kuzatgayman xuv
osmonlardan,
Eng porloq, Eng yorqin
bir Yulduz
bo'lib,
Sog'insang Boqgin men
tomonlarga,
Yorqi

4 SweetHearts  
0
Birovdan o'tganim birov bilmaydi,
Goho bu yurakka qil ham sig'maydi.
Tanish-bilishlarga kulib boqqanda,
Ko'zlar porlaydi-yu, ko'ngil yig'laydi.

Dunyoning g'amidan egilsa boshing,
Ko'zingga kelsa gar achchiq Ko'z yoshing.
Xiyonat qilsa gar yaqin sirdoshing,
Ox chekmay, shunchaki borligim elsa!


3 Ayisha Abdujalilova Zaripovna  
0
Muhabbatim haqida………

Sizni ko’rmagan necha kunlarim o’tdi. Yillarim o’tdi…….Sog’indim, yig’ladim, izladim ammo afsus topolmadim. To’g’ri tushun, also ga’ayri o’ylama, topolmasam-da, azob cheksam-da hamon qalbimda yashaysan.

Hayotning go’zalligini va teran anglashni seni sevib bildim.

Mening o’tli muhabbatim nozik jarayonlarda o’z tasirini ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Biroq buni ahlit his qilmaganman.

Men sendan uzoqlashib ketdim, Baqtincha emas, balki bir umrga.

Kuz fasli shu qadar g’amgin va mayus-ki, unga qaragan har qanday bahtli inson yig’lagisi keladi.

Sening sevgingga intilib yashadim, bu esa menga faqat azob va qayg’u olib keldi.

Oramizda oils manzil borligini o’ylasam, seni ko’rish men uchun armonligini, menga bo’lgan muhabbating sarobligini his qilaman.

Umrimning ohirigacha etgulik, bir lahzalik visolni sog’inib yashayapman.Aksiga olib esa u o’z manzilini yo’qotgandek.Nahotki shunchalik omadsiz bo’lsam?

Seni o’zimniki qilib ololmiman, ammo birovlarga ham bergim kelmaydi.

Ollohning nazaridan qolish fojiya. Anashu faojyaning qahramoni bo’lish esa dahshatli fojiya.

Kimnidur sevmoqchi bo’lsanmg, avval kechirishni o’rgan.

Agar senha o’hshasam men o’zimni sevardim.

Buliutsiz bahro, mashaqqatsiz muhabbat bo’lmas.Anashu mashaqqatli muhabbat sabab o’tmishimni dafn etdim.

Meni sevishing uchun attigi bir foizgina imkoniyat bo’lgan-da edi, ana shu bir foiz imkoniyat uchun astoidil harakat qilagan bo’lardim.


2 Ayisha Abdujalilova Zaripovna  
0
O’zimni sevardim………

Quvonch emas qayg’uga hamroh bo’ldim
Yahshigamas omonga gumroh bo’ldim
O’zgalarmas nega aynan men o’ldim
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim

Nasib etdi faqat ayriliq menga
Bahtli onlar hamrohdir faqat senga
Visol lahzalari nasibdur kimga
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim

Qismatim Zaynabga o’hshab ketadi
Kumush ko’zlarimni yoshlab ketadi
Otabegim meni tashlab ketadi
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim

Majnunlar Layliga etdi tobora
Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora
Yolg’iz Oysha seni deya ovvora
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim

Sensiz yashay olish qo’limdan kelmas
Ko’zimdagi yosh-ku soydagi selmas
Sog’inib sevganim egasi bilmas
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim

Hayr degan edim alvido emas
Ko’zimdagi yosh-ku soydagi selmas
Bu dunyoda meni g’amlar ham sevmas
Agar senga o’hshasam men o’zimni sevardim………


1 Ayisha Abdujalilova Zaripovna  
0
Gunohim…..

Dedilar-unga ishonma, ul bevafo
Deding-ular senga dushman, g’anim ular
Dedim-Qay biri yuksak, qaysi bebaho
Olloh gunohimni afu et o’zing!

Degandilar-Sevmaydi sevolmas seni
Deganding-Bahtim sen, sensiz yasholmam
Degandim-O’zing bilan olib ket meni
Olloh gunohimdan kechaqol o’zing!

Dedilar-Sen soddasan, ishonuvchansan
Dedingki-Ishon menga naq, o’zing kabi
Dedim-Hissiyotlarga beriluvchanman
Olloh gunohimdan o’taqol o’zing!

Demadilar-Ne kerak shuncha savdolar
Demading-Sevma meni, unutgin meni
Demadim-Dunyoda haq-ku vafolar
Olloh gunimni yopaqol o’zing!

Degandi-Go’zal gulda bo’ladi tikan
Deganding-Ketsam agar, qaytib kelaman
Degandim-Bu dunyoda hudo yo’q ekan
Olloh gunohimni kechirgin o’zing!

Demanglar-U yomon qiz, aldar hammani
Demagin-Vafodor qiz, sevmasman seni
Deymanki-Yahshi qizman, tushuning meni
Olloh gunohimni kechirsang o’zing!


Имя *:
Email *:
Код *:
Juma
19.04.2024
06:24
Категории каталога
Sevgi she'rlari [5]
Bu kategoriyada dilga yaqin dilga manzur bo'lgan sevgi haqida she'rlar to'plangan
Dil izhorlari [0]
Dil izhorlari to'plami
Armonlar [0]
Ushbu kategoriyada siz sevgi dunyosi fuqarolarining armonlarini o'qishingiz mumkin
Sevgi maktublari [0]
Sevgi maktublari to'plami
Sevgi smslari [0]
Sevgi smslari Sevganingizga SMS yuboring
Love Story [0]
Sevgi hikoyalari
Форма входа
Приветствую Вас Mehmon!
Мини-чат
Bizning so'rov
Оцените мой сайт
Всего ответов: 266
Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz